- Toshkentdan gapiramiz
- 13.05.2026, 09:41
Rasmiy munosabat
⚠️pressa.uz nashrida Toshkent bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar ommaviy sotilayotgani haqida ma’lumot e’lon qilindi.
Ma’lum qilamizki, ushbu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.
Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlarida holat o‘rganildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavot mahsulotlari sotilayotgani holatlari aniqlanmadi.
Aholiga faol fuqarolik pozitsiyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalariga e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz. Shu bilan birga, tahririyatlar va axborot resurslari administratorlaridan bunday ma’lumotlarni e’lon qilishdan avval vakolatli organlardan aniqlashtirishni so‘raymiz, chunki noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🖼 Bu yerda milliy uslubda yangilangan fasadlar, tarixdan so‘zlovchi devoriy barelyeflar, sayr uchun qulay muhit hamda z...
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Olmazor tumaniga tashrif buyurib, mahalla fuqarolari, faollar, nogironligi bo‘l...

🏛 Majlisda poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, davlat organlari va tashkil...
Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining...