Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Uchtepa tumani hokimligi

Uchtepa – ilk o‘rta asr qishloq xarbasi (VI-VIII, X-XV asr boshi). Oqtepa maydonidagi “Mebel” do‘koni o‘rnida joylashgan uchta tepalikdan iborat. Keyinchalik rivojlanish, taraqqiyot, qurilishlar bo‘lganligi sababli,tepaliklar tekislanib ketgan. Hozirda uchta tepaliklar mavjud, bular: “Vosiq ota” tepaligi, “Usmon ota” tepaligi, “Ilhom ota” tepaligi.

 

Uchtepa tumani 1977 yil 15 sentyabrda tashkil topgan. Dastlab u Akmal-Ikramov tumani deb nomlangan. 2005 yil 6 mayda nomini Uchtepa deb o‘zgartirish qaror qabul qilingan.

 

Shimolda va shimoli-sharqda Uchtepa tumani Shayxontohur tumani bilan, sharqda va janubdan Chilonzor tumani bilan, g‘arbda Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan chegaradosh.

 

 

 

 

Tuman hududidan Bo‘zsuv va Qoraqamish kanallari oqib o‘tadi.

 

Uchtepa tumanida 481 ko‘chalar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari Lutfiy ko‘chasi, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, Farhod ko‘chasi, Istiroxat ko‘chasi, Faziltepa ko‘chasi, Nazarbek ko‘chasi, Beshkaragach ko‘chasi va Kichik Halka Yuli ko‘chasi (Kichik halqa yo‘li) hisoblanadi.

 

Uchtepa tumanida respublika ahamiyatidagi mu’moriy yodgorliklardan Foziltepa (V-X asrlar) arxeologik yodgorligi, “So‘pon ota” majmuasi (XVII asr), mahalliy madaniy meros obyektidan Saidvaqqos masjidi va boshqalar saqlangan.

 

Tumanda: 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 32 ta davlat umumta’lim maktablar soni, 1ta Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab, 1ta xususiy maktab, 1ta barkamol avlod bolalar maktab, 5 ta kollej, 1ta oliy ta’lim muassasalari, 2 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabi, 3 ta musiqa va san’at maktabi mavjud.

 

Shuningdek tumanda 2 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 2 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 1 ta sayilgoh, 2 ta yoshlar mehnat guzarlari bor.

Uchtepa tumani hokimligi

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya