- Toshkentdan gapiramiz
- 08.09.2026, 15:52
7-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilinmoqda.
📊 7-sentyabr oliy ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining ilk kunida poytaxt yo‘llarida sutka davomida jami 1 501 013 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 6-sentyabrdagi 1 348 994 ta ko‘rsatkichga nisbatan 152 019 taga ko'p.
🚌 Jamoat transporti harakati
7-sentyabr kuni 1 668 ta avtobuslar orqali 170 ta yo'nalish bo'yicha 22 032 ta qatnovda 1 456 926 nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu 6-sentyabr kungi 783 090 nafar ko'rsatkichdan 673 836 nafarga ko'p.
🚇 Toshkent metropoliteni orqali kun davomida 1 049 288 nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu 6-sentyabr kungi 640 834 nafar ko'rsatkichga nisbatan 408 454 nafarga ko'p.
🚦 Tirbandlik holati
Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tig‘iz vaqtida:
—6 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;
— 1 ta chorrahada esa tirbandlik darajasi 7 balldan oshgan.
⚙️ Ko‘rilgan tezkor choralar
Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, zarur yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirildi. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.
Kommunal tashkilotlar tomonidan 8 ta ko'chada (Bog'ishamol, Al-Xorazmiy, Shokirariq, P.Mahmud, Samarqand darvoza, Dilsaroy, Vestminster tor ko'chalari va Farhod va Lutfiy ko'chalari kesishmasida) qatnov qismidagi transport oqimlariga foydalanish imkoniyatiga qisman ta'sir ko'rsatuvchi ishlar olib borildi.
Haydovchilardan mazkur holatlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda esa muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
YHXB tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarliklar
Jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.7-sentyabr kunida:
— 11 ta piyodalar yo‘lakchasidan transport vositasida harakatlanish;
— 9 ta to‘xtab turish qoidalarini buzish;
— 19 ta to‘xtash qoidalarini buzish holatlari rasmiylashtirilgan.Haydovchilardan piyodalar yo‘laklari va ularning oldida transport vositalarini to‘xtatmaslik, piyodalarga belgilangan o‘tish joylarida yo‘l berish, avtobus bekatlari hududini band qilmaslik, jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmasida harakatlanmaslik hamda bekatlarga kirib-chiqayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit bermaslik so‘raladi.
Yo'l infratuzilmasi yangilash ishlari doirasida:
— 8000 metr yo'l chiziqlari yangilandi;
— 10 ta piyodalar o'tish joylari yaxshilandi;
— 12 ta yo'l belgilari o'rnatildi;
— 3000 metr "A" toifali yo'laklar chizildi.
Poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi Vaziyatlar markazi tomonidan real vaqtda nazorat qilib borilmoqda.

🏢 Uchtepa tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromadlarini oshirish bo...

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida transport harakati, jumladan,...

⛽️ Poytaxtimizda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining mavsumga tayyorgarligini t...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...