- Toshkentdan gapiramiz
- 07.09.2026, 11:19
5-sentabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilinmoqda.
📊 5-sentabr kuni poytaxt yo‘llarida sutka davomida jami 1 469 948 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 4-sentabrdagi 1 502 057 ta ko‘rsatkichga nisbatan 32 109 taga kam.
🚌 Jamoat transporti harakati
5-sentabr kuni avtobuslar orqali 170 ta yo'nalish bo'yicha 19 778 ta qatnovda 1 098 438 nafar yo‘lovchi tashilgan.
🚇 Toshkent metropoliteni orqali kun davomida 745 951 nafar yo‘lovchi tashilgan.
🚦 Tirbandlik holati
5-sentyabr kuni poytaxtda tirbandlik darajasi 4–5 ball atrofida qayd etilgan.
Kommunal tashkilotlar tomonidan 7 ta ko'chada (Bog'ishamol, Al-Xorazmiy, Shokirariq, P.Mahmud, Samarqand darvoza, Vestminster tor ko'chalari va Farhod va Lutfiy ko'chalari kesishmasida) qatnov qismidagi transport oqimlariga qisman ta'sir ko'rsatuvchi ishlar olib borildi.
Haydovchilardan mazkur holatlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda esa muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.
YHXB tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarliklar
Jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.5-sentabr kuni aniqlangan holatlar orasida:
— 8 ta piyodalar yo‘lakchasidan transport vositasida harakatlanish;
— 18 ta to‘xtab turish qoidalarini buzish;
— 17 ta to‘xtash qoidalarini buzish;
— 4 ta jamoat transportining “A” tasmasida harakatlanish qoidalarini buzish holati rasmiylashtirilgan.Haydovchilardan piyodalar yo‘laklari va ularning oldida transport vositalarini to‘xtatmaslik, piyodalarga belgilangan o‘tish joylarida yo‘l berish, avtobus bekatlari hududini band qilmaslik, jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmasida harakatlanmaslik hamda bekatlarga kirib-chiqayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit bermaslik so‘raladi.
Vaziyatlar markazida poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi va tirbandlik holati real vaqt rejimida kuzatib borilmoqda.
Monitoring transport yuklamasidagi o‘zgarishlarni tezkor aniqlash, harakat barqarorligini ta’minlash hamda poytaxt ko‘chalaridagi vaziyatni nazorat qilib borishga xizmat qiladi.

⛽️ Poytaxtimizda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining mavsumga tayyorgarligini t...
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davla...

Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari!Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqeadan xavotirda ekaningizni tushunamiz...

Bugun Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o'tamiz, bugun — 4 sentyabr kuni Xalq qabulxonasida Toshkent s...