- Toshkentdan gapiramiz
- 04.09.2026, 13:56
Glinka ko‘chasidagi vaziyat haqida axborot
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari!
Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan voqeadan xavotirda ekaningizni tushunamiz. Hozirgi vaqtda Toshkent shahar hokimligi uchun nafaqat hodisa oqibatlarini bartaraf etish, balki uning sabablarini chuqur o‘rganish, muhandislik tarmoqlarining holatini tekshirish va bunday holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik prinsipial ahamiyatga ega.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, diametri 219 mm bo‘lgan yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmog‘i kamerasida to‘planib, avariya holatini yuzaga keltirgan. Tekshiruv davomida gaz quvurining taxminan 375 kv. sm (15×25 sm) maydonida bir nechta joydan gaz sizib chiqayotgani aniqlangan.
Ayni paytda soha mutaxassislari hodisa sabablari va barcha tafsilotlarni batafsil o‘rganishda davom etmoqda. Tekshiruv yakunlangach, yo‘l qoplamasini tiklash ishlari davom ettiriladi va yaqin vaqt ichida yo‘l transport harakati uchun ochiladi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Vaziyat Toshkent shahar hokimligining doimiy nazoratidadir.

⛽️ Poytaxtimizda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining mavsumga tayyorgarligini t...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davla...

Bugun Xalq qabulxonasida uchta qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o'tamiz, bugun — 4 sentyabr kuni Xalq qabulxonasida Toshkent s...