- Toshkentdan gapiramiz
- 08.05.2026, 15:14
UCHTEPA TUMANIDAGI FAXRIY SHA’NIGA YUKSAK EHTIROM VA E’ZOZ NAMOYON ETILDI.
🔘 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi hamda Prezident sovg‘asi Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi faxriyga tantanali ravishda topshirildi.
⛈ Uchtepa tumaniga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining o‘rinbosari, general-mayor Shermatov Farhodjon Artikovich, tuman hokimi Mamadjanov Bunyod Bahtiyarovich hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan “Birlik” MFY, 21-mavze hududida yashovchi, 1941–1945-yillarda Leningrad qamali davrida fashistlar konslagerlarida tutqunlik azobini boshidan kechirgan Burikin Anatoliy Ivanovich holidan xabar olindi.
🧡Tashrif davomida davlatimiz rahbarining samimiy bayram tabrigi o‘qib eshittirilib, faxriyga 30 million so‘m miqdoridagi mukofot puli tantanali ravishda topshirildi.
🌐 Yurtimiz tinchligi va bugungi dorilamon kunlar uchun jon fido qilgan faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va ehtirom — inson qadri ulug‘langan Yangi O‘zbekistonning yorqin ifodasidir.

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov...