- Toshkentdan gapiramiz
- 23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulagan. Oqibatda 15-sektorning sönggi qatoridagi bir neçta qabr toşlariga şikast yetgan. Qabrlarning özi oçilmagan.
Toşkent şahar hokimligi va Şahar obodonlaştiriş boşqarmasi vaziyatni nazoratga oldi. Qoidabuzarliklar bilan olib borilgan quriliş işlari töxtatildi, mas’ul şaxslar aniqlandi. Hodisa tafsilotlari va mas’ul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Aybdorlar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Marhumlarning yaqinlari qayğusi va e’tirozlarini tuşunamiz. Ötganlar xotirasi va ularning yaqinlari his-tuyğulariga hurmat bilan munosabatda böliş şart.
Buyurtmaçi va pudrat taşkilotiga devor qulaşi oqibatlarini bartaraf etiş hamda şikastlangan qabr toşlarini tiklaş majburiyati yuklatildi. Ular uzr sörab, işlarni hafta oxirigaça yakunlaşlarini bildirdilar. Işlarning borişi va tiklaş jarayoni nazoratimizda böladi. Vaziyat yuzasidan ma’lumot berib boramiz.

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov...

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...