- Toshkentdan gapiramiz
- 08.05.2026, 10:21
Mirobodda “Obod mahalla” dasturi doirasida yana bir manzilda keng ko‘lamli yangilanish ishlari boshlandi
Bugun tumanimizdagi "Furqat" mahallasi hududida obodonlashtirish va hashar ishlariga start berildi.
“Obod mahalla” dasturi boshlanishi oldidan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida saf yig‘ini o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha tahlil qilinib, har bir sohadagi mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi mahalladagi har bir o‘zgarish aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlab, barcha ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi shartligini qayd etdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasida hududda qator muhim ishlar amalga oshiriladi.
Jumladan:
🔴 zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish;
🔴 gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo‘yash;
🔴 elektr simlariga xalaqit berayotgan hamda aholi xonadonlari derazalariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlarini sanitar tartibga keltirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, mahallada yangi bolalar maydonchalari, vorkaut komplekslari va aholi dam olishi uchun zamonaviy alleya barpo etilishi rejalashtirilgan.
Demontaj ishlari va hududni tozalash ishlari esa bugunning o‘zidayoq boshlab yuborildi.
🖼 Bu yerda milliy uslubda yangilangan fasadlar, tarixdan so‘zlovchi devoriy barelyeflar, sayr uchun qulay muhit hamda z...
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Olmazor tumaniga tashrif buyurib, mahalla fuqarolari, faollar, nogironligi bo‘l...

🏛 Majlisda poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, davlat organlari va tashkil...
Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining...