Uchtepa tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasida Toshkent shahar hokimining uchtepaliklar bilan “Axborot, hisobot, muloqot” shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy muassasalarni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi besh yil davomida ushbu yo‘nalishdagi qator muammolar sezilarli darajada kamaygan. Shuningdek, tibbiyot muassasalari uchun 56 turdagi 81 ta zamonaviy uskuna xarid qilingani ma’lum qilindi.

🧠 Yig‘ilishda xorijiy tajriba asosida yangi tipdagi poliklinikalar qurilishi, bolalar sil kasalliklari shifoxonasini ta’mirlash, shuningdek, ayrim tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

🧑‍💻Shuningdek, Uchtepa tumanidagi 1-son sport maktabini kengaytirish loyihasi ham namoyish etildi. Loyiha amalga oshirilgach, sport turlari soni 13 tadan 32 taga yetadi, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar qamrovi esa 570 nafardan 3800 nafargacha oshirilishi kutilmoqda. Majmuada kiber sport uchun ham alohida maydon tashkil etilishi rejalashtirilgan.

💬Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan operatsiyaga muhtoj bemorlarga maxsus vaucherlar berildi.

➡️Uchrashuv navbatdagi manzillarda davom etadi. Unda ko‘tarilayotgan masalalar va taqdim etilayotgan loyihalar aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda poytaxt infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
23.07.2026, 14:47
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigi...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...

Toshkent sayyohlar uchun yanada jozibador bo‘lmoqda
23.07.2026, 10:26
Toshkent sayyohlar uchun yanada jozibador bo‘lmoqd...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda 26 ta turizm va gastronomik ko‘cha faoliyat yuritib, ularning umumiy uzunligi 27,2 kilo...

O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning qariyb bittasi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
22.07.2026, 15:21
O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar
22.07.2026, 10:52
2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiy...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...