Uchtepa tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

🔘Bugun Uchtepa tumani "Zargarlik" mahallasida 1966-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan 334-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlaridan so‘ng foydalanishga topshirildi

🟡Tantanali ochilish marosimida Uchtepa tuman hokimi B. Mamadjanov hamda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Rahimova ishtirok etib, yangilangan muassasa sharoitlari bilan tanishdilar.

🔵Marosimda so‘zga chiqqan Uchtepa tuman hokimi B. Mamadjanov: "Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor natijasida bolalarimiz uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratilmoqda. Bu kabi yangilanishlar yosh avlod kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega,” — deya ta’kidladi.

D.Rahimova esa o‘z nutqida: “Bolalar uchun yaratilgan bu kabi sharoitlar ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Mahallalardagi ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom etadi,” — deb qayd etdi.

Hozirda muassasa 390 nafar bolajonni qamrab olib, ular uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim-tarbiya sharoitlari yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, rekonstruksiya ishlari 2025-yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunda to‘liq yakunlanib, muassasa yangilangan qiyofada faoliyatini davom ettirmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...

MAHALLALARDA TIZIMLI ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
23.10.2026, 11:17
MAHALLALARDA TIZIMLI ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALA...

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov...