Bu Toshkentdagi birinchi (yoki eng birinchilardan biri) toʻqqiz qavatli bino edi. Oʻz vaqtida u hayrat uygʻotgan, shaharliklar qiziqish bilan uni tomosha qilishgan. Uy 1966-yil avgustda topshirilgan va koʻplab toshkentliklar zilziladan keyin bino qanday tik turganini koʻrish uchun kelishgan.
Bino oʻzi noodatiy edi:
meʼmorlar G. Aleksandrovich va S. Berkovich birinchi marta 48 xonadonli bir
seksiyali minora loyihalashtirib qurishgan. Uy lift, chiqindi oʻtkazgich va
havo isitish tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u konditsionerlash tizimi bilan
birlashtirilgan edi.
Kvartiralar tashqariga
katta ochiq lodjiyalar bilan chiqarilgan, ammo hozir deyarli hammasi tartibsiz
oynalangan va konditsionerlar bilan osib qoʻyilgan, bu uyga rang-barang, bir
xil boʻlmagan koʻrinish beradi.
Birinchi qavatda uzoq
yillar Markaziy aviachipta kassalari joylashgan edi. Ular sobiq «Rossiya» mehmonxonasi
bilan birga Sapyor maydonining asosiy yoʻnalish belgisi boʻlib xizmat qilgan.

Bino monumental me’morchiligi tufayli oson taniladi. U 1997 yilda shisha va betondan qurilgan hamd...

Asrlar davomida maskarabozlar shahar va qishloq maydonlarida hazil-mutoyiba spektakllari koʻrsatib ...

2012 yilda Toshkent hokimligi va Hyatt International o‘rtasida Hyatt Regency brendi ostida mehmonxo...

2007 yilda maqbarasi yaqin atrofda joylashgan buyuk ilohiyotchi va alloma Qaffol ash-Shoshiy shara...