- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Majlislar
- Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 3-son majlisi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 3-son majlisi bo‘lib o‘tdi
🏛 Majlisda poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlik hamda hisobdorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish avvalida Toshkent shahar prokurori v.v.b. Anvar Urmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Bosh prokuror va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan hisobot berdi.
📑 Shuningdek, yig‘ilish davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari tinglandi.
✅ Majlis yakunida hududiy kengash a’zolariga Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka ochiq va muntazam yetkazib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
