Uchtepa tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Mustaqillik shoh ko‘chasida nimalar o‘zgarmoqda?

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l qoplamasi, yoritish, suv qochirish tizimi va bekat infratuzilmasini kompleks yangilash ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda birinchi bosqich doirasidagi asosiy ishlar yakunlanmoqda. Ko‘chaning bir qismida asfaltlash ishlari tugallandi va ushbu yo‘nalish qisqa muddatlarda transport harakati uchun ochilishga tayyorlanmoqda.

Birinchi bosqich doirasida:

Yo‘l qoplamasi
23 039 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi;
23 039 m² yirik donali asfalt-beton yotqizildi;
28 984 m² bazalt geoto‘ri o‘rnatildi;
23 039 m² maydonga PShMA-20 qoplamasi yotqizilmoqda.

PShMA-20 yuqori transport yuklamasiga, issiq ob-havo sharoitida deformatsiya va g‘ildirak izlari hosil bo‘lishiga chidamliligi hamda uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi.

🌧 Suv qochirish tizimi va yo‘l elementlari

1 143 metr suv qochirish lotogi yangilandi;
111 metr metall quvur almashtirildi;
1 300 metr yangi bordyur o‘rnatildi;
— yo‘l chetidagi 1 143 metr bordyur yangilandi;
— ajratuvchi tasmadagi 566 metr eski bordyur demontaj qilindi.

Mazkur ishlar yog‘ingarchilik vaqtida suvning yo‘l yuzasida to‘planib qolishining oldini olish, asfalt qoplamasining xizmat muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

💡Yoritish tizimi

34 ta eski yoritish ustuni demontaj qilinmoqda;
67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda.

🚌 Bekat infratuzilmasi

3 ta yangi avtobus maydonchasi tashkil etilmoqda;
3 ta zamonaviy bekat pavilyoni o‘rnatilmoqda;
— yo‘lovchilar uchun kutish hududlari kengaytirilmoqda;
— taktil yo‘naltiruvchi plitalar yotqizilmoqda.

Bu avtobuslarning bekatlarga erkin yaqinlashishi, yo‘lovchilarning xavfsiz chiqib-tushishi va qulay sharoitda kutishini ta’minlaydi.

👷 Ishlarga 30 dan ortiq maxsus texnika, shuningdek, 250 nafardan ziyod ishchi va malakali mutaxassis jalb qilingan.

Barcha jarayonlar belgilangan texnologik talablar va muhandislik yechimlari asosida olib borilmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
23.07.2026, 14:47
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigi...

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...

Toshkent sayyohlar uchun yanada jozibador bo‘lmoqda
23.07.2026, 10:26
Toshkent sayyohlar uchun yanada jozibador bo‘lmoqd...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda 26 ta turizm va gastronomik ko‘cha faoliyat yuritib, ularning umumiy uzunligi 27,2 kilo...

O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning qariyb bittasi Toshkent hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
22.07.2026, 15:21
O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan har ikki xizmatning...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar
22.07.2026, 10:52
2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiy...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...