- Toshkentdan gapiramiz
- 10.07.2026, 11:18
Inson manfaati va aholi roziligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida eshitish va amaliy yechim topish borasida tizimli ishlar izchil davom etmoqda.
➡️ Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Rasulmuhamedovaning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
👍 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy bilan bog‘liq masalalar, ta’mirlash ishlari, subsidiya olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
👉 Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ul tashkilotlar ishtirokida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash uchun aniq muddatlar belgilab berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

📈Sessiyada poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash, qonuniylikni ta’minlash hamda shaha...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda 26 ta turizm va gastronomik ko‘cha faoliyat yuritib, ularning umumiy uzunligi 27,2 kilo...

⚡️2026-yilning 6 oyida poytaxtda xizmatlar hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,...

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yic...