- Toshkentdan gapiramiz
- 17.03.2026, 16:24
Poytaxtimizda “Aqlli bekatlar” joriy etiladi 🚌
🏙Yaqin vaqtlarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini yana-da zamonaviy va qulay qilish maqsadida “Aqlli bekatlar” o‘rnatish boshlanadi.
Innovatsion bekatlarda xavfsizlik va qulaylik birinchi o‘rinda bo‘ladi.
🔹 Har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan 2 ta videokamera bilan jihozlanadi
🔹 Favqulodda holatlar uchun “SOS” tugmasi o‘rnatiladi
🔹 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi
📊 Shuningdek, bekatlarda avtobuslar harakat jadvalini ko‘rsatuvchi elektron monitorlar, tezkor xaridlar uchun vending qurilmalari ham bo‘ladi.
🚍 Bu yangiliklar jamoat transportidan foydalanishni yana-da xavfsiz, qulay va zamonaviy darajaga olib chiqadi.
“Aqlli bekatlar” qayerlarda o‘rnatiladi?
🔔 Bu haqda batafsil maʼlumotni yaqin postlarimizda eʼlon qilamiz.

👉 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Yakkasaroy tumani hududidagi KXYda joylashgan avtobus bekatida faoliyat yuritgan savdo d...

⏺O‘tgan bir sutka davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijalari bilan tanishing:🚦 “Aqlli” svetoforla...

🗑30-mart sanasi BMT tomonidan Xalqaro chiqindilarsiz kun sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kun chiqindilarni kamaytiri...

Avval xabar berganimizdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KXAY) Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida — Ko‘z mikr...