
Toshkent kirxasi Oʻrta Osiyodagi birinchi lyuteran ibodatxonasi hisoblanadi.
Bino loyihasining
dastlabki varianti 1881-yilda tuzilgan, biroq bir necha yildan keyin uni qayta
koʻrib chiqishdi va ibodatxona quriladigan joy ham oʻzgartirildi.
Kirxa binosi shaharning
lyuteran jamoasi tomonidan I. I. Krauze mablagʻlari hisobiga meʼmor Aleksey
Leontyevich Benua loyihasi boʻyicha qurilgan.
1896-yilda hali suvoqsiz
kirxada ibodatlar boshlandi, yana uch yildan keyin qurilish ishlari toʻliq
yakunlandi.
Cherkovdagi xizmatlar rus
va nemis tillarida oʻtkaziladi, shuning uchun uni xalq orasida Nemis cherkovi
yoki oddiygina kirxa deb atashadi.
Oʻtgan asrning
1930-yillarida pastor repressiyaga uchradi, bino esa turli maqsadlarda
ishlatildi: unda omborlar joylashdi, geologiya boshqarmasi oʻrnashdi va bir
muddat itboqarlar klubi ishlagan.
1980-yillarda binoda
Toshkent konservatoriyasi qoshidagi musiqa zali ochildi.
Mustaqillikdan keyin bino
toshkentlik lyuteran imonlilar jamoasiga topshirildi.

Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida joylashgan go‘zal, qadimiy g‘ishtin bino toshkentli...

Bir vaqtlar 1899 yilda G. Svarichevskiy loyihasi bo‘yicha qurilgan Toshkent vokzali shaharning eng ...

2011-yil bahorida Navoiy savdo majmuasi buzib tashlangan va uning o‘rnida sakkizta yetti qavatli tu...

Markaziy univermag, yoki TSUM, uzoq vaqtdan beri taksichilar va toshkentliklar uchun asosiy yoʻnal...